SHAHZOD HAMDAMOVning DIL AMRI nomli sheriy toplami nashr etildi.

SiriuS | Izohlar soni: 2 | Ko'rishlar soni: 1 139
08
08
2017
SHAHZOD HAMDAMOVning DIL AMRI nomli sheriy toplami nashr etildi.
Ovozlar soni: 3
  • Sana:
    8-08-2017, 10:06
  • Muallif:
    SiriuS

SHAHZOD HAMDAMOVning DIL AMRI nomli sheriy toplami nashr etildi.

DIL AMRI

Hayolimga hujum qilsa shum shubhalar,

Yuragimga taskin boldi mana she`rim.

Orzularim hayotimdan yuz bursalar,

Kurashmoqqa da`vat etar yana she`rim

Toshkent Davlat Agrar Universiteti 4.31 guruh talabasi. Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi va bir qator tanlovlar golibi Hamdamov Shahzod Ilxom ogli DIL AMRI nomli sheriy toplami nashr etildi.

Sherlardan namunalar.

Dil amri

Sizga aytsam bu bagrim

Armon qabri, dard qabri

Yozganlarim-har satrim

Yurak amri, dil amri

Derlar: sevgi bir chiroq,

Songach yoqolgay qadri,

Sondi, tinmadi biroq,

Yurak amri, dil amri.

Ishq tutqazdi qalamni,

Ketmadi dildan dardi,

Yut der ichga alamni,

Yurak amri, dil amri.

Sitamlardan pora qalb,

Tugab bardosh-u sabri,

Yozgin deydi pichirlab,

Yurak amri, dil amri.

Sizga aytsam she`rlarim,

Yarmi yolgon, chin yarmi,

Lekin bari, dostlarim,

Yurak amri, dil amri.

28.06.2017

Savol ..ga

Zamon ozgarmoqda, vaqt tezlashmoqda,

Birodar, baxtmi bu, falokatmi bu?!

Qadamlar boshqacha, saslar ozgacha

Qiyomatmi yoxud saodatmi bu?!

Atayin birovga yoqish istagi-

Kimgadir illatu karomatmi bu?!

Kimgadir qasd qilib sha`nin toptamoq,

Kimlarga odat-u farogatmi bu?!

Kop yillik intilish mehnat, mashaqqat,

Kim uchun behuda harakatmi bu?!

Kimlarga odatiy bolgan holatlar,

Kimgadir daxshatli holakatmi bu?!

Nahotki doimo olga bormoqlik,

Kimlarga nisbatan haqoratmi bu?!

Birovlar hayotin izdan chiqarmoq,

Kimningdir kuyiga naqoratmi bu?!

Duoga ochilgan qollar hurmati,

Tangridan niyatlar ijobatmi bu?!

Senga bir savolim zamondosh dostim-

Nohaqlik yangicha adolatmi bu?!

Nahotki ey dostim hayot degani

Mudom zahmat chekish, mashaqqatmi bu?!

Hayoting tizgini ozga qolida

Bolmogi ayanchli haqiqatmi bu?!

07.06.2016

SHAHZOD HAMDAMOV

Izoh qoldirish
Suratdagi kodni kiriting:*
     ,
 Brusanneich
12 2018 19:33
. ( ). . . 2005 . !!!
 Kueiththoge
13 2018 12:02
. ( ). : . | . !!! . "" 70 . . , ! 2005 . !!! . .
2017 BClub.Uz
dle dle 11.2