OLIMPIADA BU YOPIQ ESHIKLAR ORTIDA YARATILADIGAN HAQIQAT

SiriuS | Izohlar soni: 2 | Ko'rishlar soni: 2 992
20
07
2017
OLIMPIADA BU YOPIQ ESHIKLAR ORTIDA YARATILADIGAN HAQIQAT
Ovozlar soni: 8
  • Sana:
    20-07-2017, 09:30
  • Muallif:
    SiriuS

OLIMPIADA BU YOPIQ ESHIKLAR ORTIDA YARATILADIGAN HAQIQAT

1-QISM. OLIMPIADA BU YOPIQ ESHIKLAR ORTIDA YARATILADIGAN HAQIQAT. OLIMPIADADA ORIN OLISHNING ANANAVIY VA OZIGA XOS USULLARI.

Kimningdir bir buyumini ogirlaganlarni qamoqqa olamiz, lekin oz kelajagi orqali Ozbekistonning kelajagini yaratadigan iqtidorli yoshlarning kelajagini ogirlayotganlarga nisbatan nima jazo qollamoqdamiz. Axir iqtidorli yoshlarni qollab quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi "Ozbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragbatlantirish togrisida 226-son qarori qobiliyatli yoshlarni ragbatlantirish ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli talabalarni qollab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, ularning iste'dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish, ozlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur organishga qiziqishni oshirish, kelajakdagi kasblarni togri tanlashiga komaklashish kabi ulkan vazifalarni amalga oshrishda iqtidorli bilimli yoshlarni bir joyga toplab adolatli munosib baholash orqali taqdirlagan holda ularni yanada kamol topishi uchun qaratilga. Lekin hozirda eng qobilyatli iqtidorli yoshlarni bir joyga toplab ularning koz ongida adolatsizlik bilan, orasidan noloyiqlarini taqdirlash orqali o'zi shundogam kam sonli iqdidorli yoshlarni ochiqchasiga, hech narsa bolmagandek sindirmoqdamiz

Bir necha 10 yillardan buyon respublika fan olimpiadalarida bu oddiy hayot normasi qabilida katta jinoyat sodir etilib kelinmoqda. Olimpiada otkaziladigan OTM lar navbatma-navbat sovrinli orinlarni ozaro bolib olish ananasi yaratilgan bolib, aniqrogi bu yil qaysi OTM da otsa shu OTM oliy 1-orin sohibi, olimpiada otkazish boyicha qarindosh OTM lar 2,3 orinlarni ozaro bolishib olishadi, bir fan misolida aniqroq tahlil etadigan bolsak bir necha yildan buyon Buxgalteriya hisobi va audit fani boyicha 2-bosqich natijasini bashorat etish uchun ozgina pessimist bolish yetarli. Ananaga kora TDIU otkazilganda 1 orin TDIU, 2 orin TMI, 3 orinni qaysidir viloyat (aniqrogi samarqand) ga taqdim etiladi. TMIda otgan paytda 1 chi va 2 chi orin sohiblari joy almashtiradi. Bazilar birinchi kundan oldindan 1,2,3 orin sohiblarini qol qisib tabriklab qoyishadi.

Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassislik fani boyicha talabalar olimpiadasi sohiblari

I-orin

II-orin

III-orin

Olimpiada otgan joy

2014

TDIU

TMI

Samarqand

TDIU

2015

TDIU

TMI

Samarqand

TDIU

2016

TDIU

TMI

Samarqand qishloq xojalik instituti

TDIU

2017

TDIU

TMI

Samarqand qishloq xojalik instituti

TDIU

Bu natijalarni ko'rgan axmoq ham nima bolyatganini yaxshi tushunadi, nima oliy talim vazirligida axmoqlar yo'qmi, hoyna hoy ular ananalar buzilishini istamaydi urf-odat, ananalarga hurmat naqadar bizda kuchli O.Hoshimovning bir gapi bor "Telbalarga tazim qiling! Yuzta donishmand aytolmagan haqiqatni bitta telba aytadi!". Telbalar qachon gapirar ekan deb kutaversak, oz manfaati yo'lida ananalar yaratgan shaxslarning "O'zbekiston kelajagi buyuk davlat" kabi ezgu goyalari ostida tarbiyalanayotgan shijoatli joshqin intiluvchan yoshlarning tafakkurida katta salbiy tasir korsatayotganligini bilib turib bir chekkada aqlli bolib otirish, insonning ich-ichini yeb yuborar ekan.

Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti mutaxassislik fani boyicha talabalar olimpiadasi sohiblari.

I-orin

II-orin

III-orin

Otgan joy

2013

Andijon qishloq xojalik

351 ball

Samarqand qishloq xojalik

Toshkent Davlat agrar universiteti

Andijon qishloq xo'jalik institutida (2013 yilning 15-16 may)

2014

Andijon qishloq xojalik

353 ball

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institute (308 ball)

Guliston Davlat universiteti (306 ball)

Andijon qishloq xo'jalik institutida (2014 yilning 14-15)

2015

Andijon qishloq xojalik

(359 ball)

Samarqand qishloq xojalik instituti (313 ball)

Ozbekiston Milliy universiteti (311ball)

Andijon qishloq xo'jalik institutida (2015 yilning 15-16 may)

2016

Andijon qishloq xojalik instituti,

(334 ball)

Samarqand qishloq xojalik instituti, (291 ball)

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (283 ball)

Andijon qishloq xojalik instituti,

(2016 yilning 13-14 may)

2017

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti

Ozbekiston Milliy universiteti

Samarqand qishloq xojalik instituti

TDAU (2017 yilning 12-13 may)

2017 yil 12-13 may kunlari TDAU da otgan Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti fan olimpiadasida 1 orin ananaga kora TDAU tegishli bolishi kerak edi lekin jadvalda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti 1-orin olgani korishimiz mumkin TDAU 7 chi orinda bu safar ananalarni buzishibdi adolatli bolibdi deydi bilmaganlar, biladiganlar esa

Aslida Shu olimpiada TDAU da otilib ananaga kora TDAU 3.19 guruh talabasi Tuxtaboev Xayitboy golib topilib xamma ishtirokchilar orasida elon qilingan sovrinlar topshirilgan, bir birini qutlagandan 1 kundan song 7 orinni egallagan talaba 1-orinni egallagani malum boladi. Qolgan orinlarini siljitmaslik uchun 1-orindagi talabani 7 oringa almashtirish eng osoni, faqat bitta muammo 1 orindagi talabani kondirish. Oxirigacha kurashaman, adolat qaror topishi uchun Prizedentga qadar chiqaman degan talabani 1 kun ichida nima vadalar berib yoki qorqitishdimi nomalum rozi qilishdi.

Otgan 2016 yil andijonda sirli ravishdagi 3 orin sohibiBerdimurodovAkmal ismli Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti SXMFakulteti 3 kurs 1 guruh talabasi shu olimpiada 1-orin golibi ekanligi www.leaders.uz saytida malum boldi, faxriy yorligi ham joylashtirilgan. Ha fan olimpiadalari chinakam mojizalar maydonchasiga o'xshatsa buladi. Bu yerda olimpiada orin olishning yana bir usuli "Toga" "Jiyan" munosabatlari kuzatiladi bu toga jiyanlarning vijdoni qiynalmasmikan shu sohta obro ularda biror bir yaxshi fazilat yaratmaydiku. Temirni oltin rang bilan boyashgani bilan u temirligicha qoladi. Shu turishda qaysidir nomdor stipendiyaning egasi ham aniqqa oxshaydi.

Bir qongiroq bilan orinlarni ozgartirib yuboradigan, TDAU rahbariyatini jinoyat sodir ettirib yugurtirib qoyadigan "Toga" kim ekan, mish mish larga kora Berdiboevning "toga"sini oliy talim vazirligidan qidirish kerak ekan.

2-QISM. OLIMPIADA GOLIBLARINI BASHORAT QILUVCHILAR BASHORATI YANA QANCHA YILLAR HAQ CHIQADI.

Bu yilgi Buxgalteriya hisobi va audit fanidan Respublika talabalar fan olimpiadasining 2-bosqichi 19-20 may kunlari TDIUda deyarli aniq ssenariy boyicha bolib otdi va unda respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalaridan 24 nafar talaba ozaro bellashdilar.

1-kun 19 may soat 08.50 da TDIU ga yetib keldim. Bir necha yillik tajribadan barcha hujjatlarni kamchiliksiz oldindan tayyorlab kelib bosh bino 4 qavatning bir burchagidan joy egallab, olimpiadani tola ichimdan otkazish uchun OTMdan kelgan gavjum talabalarni kuzatib otirdim.

Fan olimpiadasi tashkiliy qomitasi ishtirokchilarni royxatdan otkazish jarayonida har yilgidek ishtirokchilar ilgariroq jonatgan hujjatlarni qaytadan, yana chop etilib, elektron nusxalari bilan, topshira boshlandi. Bir qiz Surxondaryoda qolib ketgan Reyting daftarchasini jonatishlarini telefonda gaplashayotgan bolsa, yana bir bola bir necha bora insitutiga borib kelganligidan terga bosib 30 ming puli ketgani haqida kimgadir aytayotganini eshitasan. Shuncha talabalarni hujjatlarini birma-bir tekshirib qabul qilishdek kozboyamachilik, ovoragarchiliklar 4 soatdan ortiq bekor vaqt sarflanishini korib achinasan, oz talabamning hujjatlarini eng oxirida soat 13:10 da hammadan song topshirdim.

Yil davomida tayyorgarlik korib oz bilimiga munosib orinni egallashga ishonch bilan kelgan hujjatidagi kamchiliklarini togirlash uchun yelib yugurayotgan yosh iqtidor sohiblari tezroq olimpiada bellashuviga kirishib oliy orinlarni qolga kiritishiga ishonchi kozlaridan sezilib turibdi.

Oldin bir bora kelgan talabalarning kozida unday shijoatni afsus kormaysan. Oldin kelganlarning bazilarida hali ham oz bilimi orqali adolatga ishonch, kurashish, joshqib turibdi. Ming afsuski, ertaga ularda shu joshqinlikni toliq sindirishlarini bilishmaydi.

Olimpiada ishtirokchilarining yarmidan kopida umuman ishtiyoqning yo'qligi sababini soraganimda ular bunday musobaqalarda ishtirok etishni katta xato deb hisoblashini, qolganlari esa ozlari qatnashib guvoh boganlaridan keyin, ADOLAT faqat qogozda bolar ekan!!! kabi mudhish fikrda ekanini bilasan. Unda nima uchun keldinglar deb soraganimda Bizga qatnashdi degan faxriy yorliq bersa boldi desa, biri bizga qolsa kelmasdik Oliy talim vazirligi kelmaganlar togrisida OTM mizga shikoyat bilan chiqadi, shunga ilojsizlikdan keldik degan gaplarni aytdilar. Oliy talim vazirligi Respublika boyicha otkazilayotgan fan olimpiadaridan talabalarning noroziligidan kora unga qatnashganlarni hujjatini togri rasmiylashtirilishi qatnashmaganlarni jazolash tadbirini yaxshi eplaydi. Oliy talim shunday qilmasa faqat uch sovrinli orin egalaridan boshqa, adolatsizlikdan bezib ketgan hech bir OTM qatnashmay qoyishini yaxshi biladi.

Bu holatni oddiy hayot normasi dek qaror qabul qilinayotganlar, bugun qaysidir yosh mutaxassis talabani barcha narsadan, eng birinchi navbatda yoshi katta, "Bunday" tajribaga ega insonlardan, sovuqqon va manfaatparast, qoshtirnoq ichidagi "olim-u ziyolilar"dan konglini qoldirmoqda. Eng achinarli jihati, Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida yozilganidek, hayotda eng xavfli odamlar loqayd odamlar ekanligi va ularning kopligi bolmoqda. Oz bilim-salohiyatiga ishonmagan ishtirokchilar adolatsizlikka hech qanday e'tiroz ham bildirmayapti. Ular ertaga hayotda milliy goyani barbod qilishga qaratilgan tahdidlarga loqayd bolmasinlar-da, ishqilib.

2 kun 20 may. Bu kunda kim qanday savollarga qay darajada javob bermasin 4-24 orinlarni taqsimlanib bir betli faxriy yorliq uchun ozoro kurash olib borishadigan kun. Lekin shuni bilmaydigan sodda talabalar, hayojonda har bir tur natijasini bilish uchun bu eshikdan u eshikka yurgani korib achinib ketasiz.


Shu kun uchun hech kim hech narsaga etiroz bildirmaydi. Olimpiada jarayonida sovrinli orin sohiblari (oldindan malum) hamma savollarga, testlarga, mashqlarga toliq aniq javob berishadi. Olimpiada deyarli jinoyatsiz otadi. Chunki hamma jinoyat boshlangunga qadar amalga oshirilgan.

2 kun ichida 20 bet narsani yodlay oladigan talaba topilsa bolgani shu fan boyicha eng bilimli fan olimpiada sohibi qilish qobilyatiga ega M.Tolaev day ustozlari bor. TDIU talabasining xotirjamligi unga natijalar oldindan ma'lumligi va talabalarning jon kuydirib javob berishi ahamiyatsizligi yuzidan sezilib turibdi. Yakunda 358 ball olgan TDIUning vunderkind talabasi Umrzoqov Ismandiyor testdan (50 tadan 47ta togri javob) yuqori natija korsatgani ham yodlashni qay darajada eplagani bildiradi. Ancha-muncha bilimga ega qolganlarning natijalari ortacha 170-180 ball.

Xullas, qalloblikdan tashkil topgan haqiqat yopiq eshiklar ortida yaratildi. Bu savdo olimpiada boshlanmasidanoq ma'lum bolsada, talabalar oxirigacha adolatli baholanishga umidvor edi.

Ular adolat uchun kurashdimi, talaba kelajagi uchunmi, yoki ozining shaxsiy moddiy manfaati uchunmi??? Ular uchun 1000 km uzoqdan umid bilan, tayyorgarlik bilan kelgan talabaning orzu-umidlari, harakatlari qadr va ahamiyatga ega bolarmidi?

Soat 17:00 da tugashi kerak olimpiada har yilgidek 21:00 ga yaqin orinlar elon qilinishi boshlandi (qaysidir OTM larda 24:00 gacha davom etgan) Bunga qancha kech tugatsak, poezdga bileti borlar va yolga chiqadiganlarda apellyasiyaga vaqt qolmasin degan ayyorona taktika doim qollanib kelinadi TDIU ilmiy ishlar prorektori barcha orinlarni elon qilgach, kimlardir olimpiada yuqori darajada tashkil etilganini maqtashga tushdi, kimlardir bolar bolmas taklifni berdi. Hamma toliqqan soat 21:00 dan oshib qolgan lekin Ichimdagi gaplarni gapirmasam, ozimni kechiraolmasdim, qol kotarib soz soradim, ozimni tanishtirib 3 yil oldin birinchi bor olimpiyadaga kelayotganimda mendan oldin kelgan oqituvchi mening qulogimga asta kim nechinchi orinni olishini bashorat qildi, olimpiada yakunlangach bu bashoratning aniqligi meni hayratlantirdi. Oradan uch yil otib hozirda men ham bashoratchiga aylandim, kelasi yil sovrindorlarni ham bashorat qilaolaman albatda shu yerda otirgan kopchilik kabi. oldindan hammasi malum ekan qogozbozlik ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida keyingi yil 24 OTMdan faqat 1.2.3 sovrindor orin sohiblari qatnashib, ozoro kurashib bolishib olishsalaring, qolgan 21 OTM lar menimcha bunga toliq qoshilsa kerak degan sozlarni aytganimdan song TDIU ilmiy ishlar prorektori "Bu mening faqat shaxsiy fikrim ekanligini sozlarimda hech qanday asos yoqligi aytdi lekin. M.Tulayevning yuzi bir qizardi, ammo baribir bunday ishlarga kop qol urganligi sababli, sovuqqonlik bilan natija ballari togrisidagi ozining vajlarini himoya qilishga kirishdi.Atomlar zanjirli reaksiaga kirishganday talabalar tamonidan birin ketin rtirozli tanqidiy fikrlar bildirish boshlandi, hammasidan zori oxirida AndQXI talabasi oz sozida Olimpiada bu talabalarni bilimlarini sinash uchun otkaziladi, biz ham bu olimpiadaga bilimlarimiz qay darajada ekanligini bilish va bilmaganlarimizni organish uchun kelganligini takidladi, 358 ball toplab 1 orinni egallagan TDIU talabasi, 285 ball toplab 2 orinni egallagan Moliya insituti talabasiga havasi kelayotganini olarning shu orinlarga munosib ekanligini, ularni bilimlariga hech shubha qilmasligini, qolganlardagi shubhani yoqotish uchun shu ikkovi boshqalar ishlaolmagan mashqlarni, testlarni hammani oldida, ishlab tushuntirib berishsa qolganlarda shubha yoqolib, biz bilmagan narsalarimizni ulardan organib yanada bilimli bolib uyga qaytardik degan juda chiroyli gapirilgan sozlari sovrindorlarni qizartirib esankratib qoydi. TDIU ilmiy ishlar prorektori kech bolgani hamma charchagani bir qator koplab sozlarini aytmasin Taklif tarafdorlarini ishontirolmadi oxir oqibat Charchaganlar, shoshayotganlarga javob berishga kelishildi.

Qizigi 2 orin sohibi Moliya insituti va 3 orin sohiblari tarqalayotgan olomon orasida yoqolib qolishdi faqat oz uyidan qayoqqa qochishini bilmagan TDIU talabasi Umrzoqov Ismandiyor qoldi. Yakuniga qiziqib qolgan 40 nafar odamdan 6 nafar odamga honadagi baklajka, qogozlarni yigishtirishga yordam berishlarini shaxsan prorektorni ozi iltimos qildi, song parta stullar togirlab chiqish iltimoslari bajarildi. Bunday narsalar nizomda yoqligi, faqat appelyatsiyaga berish mumkinligi kimdir tushuntirishga tushdi, kimdir uni balli munday bolgan uniki munday bolgan xullas tushundingiz.. ne umidlar bilan kutganlar TDIU talabasidan hech qanday bilim organaolmadik.

Ta'limda taraqqiyotga erishish asosiy vazifalarimizdan biri ekan, nafaqat fan olimpiadalari, talabalar ortasida bolib otayotgan barcha korik-tanlovlarga adolat mezonlari asosida yondashish zarur, Agar Respublika darajasidagi yutugi ahamiyatga u qadar ega bolmagan tanlovda shu qadar adolatsizliklar oddiy hol deb qabul qilinar ekan, aks holda kelajagimiz, ertamiz deb gala-govur kotarishga haqqimiz bolmay qoladi. Chunki yoshlarda Ishonch tuygusi sonsa, yorug manzillarga yetishimiz qiyin. Bu tanqidiy maqoladan maqsad aynan kimgadir yoki qaysidir OTM ga tuxmat yoki obrosini tokish emas. Balki jamoatchilikda mazkur holatga munosabat orqali adolatsizlikka murosasiz bolishni hosil qilish, haqiqatni himoya qilish uchun kurashish va loqaydlikni yoqotish uchun bir qadam bolishini istardim.

Bu yil nima bolgan bolsa boldi kelasi yil hammasini togri qilamiz deb qutilish emas, balki 2017 yil olimpiadasi sovrindorlarini egallagan orinlariga munosibligini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzib, chuqur tahlil otkazish lozim. Faqat komissiya tarkibi hammasi yaxshi adolatli otgan deb xulosaga keladigan jinoyatchilar dan tarkib topmasligi zarur.

Juda-juda hammasini yaxshi biladigan shu barcha jinoyatlarni ustida turadigan. Bu gaplarni o'qib Yoq bunday emas hammasi adolatli, o'tiladi deb o'zini ishontirishga urinayotgan shaxs dirsiz, Bu adolatga oz kuchiga ishongan birinchi marta qatnashyotgan talaba ishonar chetdan hech narsadan xabarsiz shaxslar ishonar lekin shu jarayonlarni korganlar ichidan otkazganlar qanchalik bu adolatning kuchi haqida tasavvurga ega. Olimpiada natijalari qayd etilgan hujjatlar suratga tushirish nusxa kochirishga berishmadi (bu hujjatning naqadar maxfiyligini korsatadi). Shu texnik malumotlarni olib bolmagani tufayli maqolada 2-3 xato joyini topib bularni barchasini inkor etishga urinarsiz, tushuning siz kabi jinoyatchilar oz manfaati yolida vatanimiz ravnaqi bolgan yoshlarning eng sara qatlamini ochiqdan-ochiq bu tarzda nobud qilmoqdasiz, bu haqida kechqurun bir vijdoningiz bilan gaplashib oling, agar u allaqachon olmagan bolsa.

Vafoev Azizbek

Izoh qoldirish
Suratdagi kodni kiriting:*
     ,
 Brusanneich
12 2018 17:21
. ( ). . . 2005 . !!!
 MychaelWaf
23 2018 00:35
Kino-Torrent PRO , - . . . . : ": " "!" "Mamma Mia! 2" Kino-Torrent : KinoTorrentSetup Kino-Torrent PRO (Nulled) : KinoTorrentPro
2017 BClub.Uz
dle dle 11.2