Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida

BCLUB | Izohlar soni: 1 | Ko'rishlar soni: 1 283
01
05
2017
Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida
Ovozlar soni: 4
  • Sana:
    1-05-2017, 17:26
  • Muallif:
    BCLUB

Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

OLIY TA'LIM TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

Ta'kidlash joizki, 2011 2016 yillarda Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta'lim muassasasining 202 ta ob'ektida yangi qurilish, kapital ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yonalishlari va ixtisosliklari boyicha oqishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta'lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boyicha yangilangan davlat oliy ta'lim standartlari va oquv dasturlari joriy qilindi. Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta'lim tizimidagi holatni organish natijalariga kora, bir qator oliy ta'lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta'lim jarayonlarini axborot-uslubiy va oquv adabiyotlari bilan ta'minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Oliy ta'lim tizimida oz yonalishlari boyicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari ornatish, oquv jarayoniga ilgor xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan otkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti. Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta korish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash maqsadida:

1. Oliy ta'lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish boyicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin: har bir oliy ta'lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari ornatish, oquv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilgor pedagogik texnologiyalar, oquv dasturlari va oquv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, oquv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar otkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta'lim muassasalaridan yuqori malakali oqituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta'lim muassasalari magistrant, yosh oqituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka otashlarini, professor-oqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish; oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta'lim muassasalarida oqitish yonalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish; ta'lim jarayonini, oliy ta'limning oquv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va oqitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta'lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish; yangi avlod oquv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta'lim muassasalarining ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy oquv, oquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini otkazish, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari boyicha oqitish, oliy ta'lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari oquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oqituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish; oliy ta'lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta'limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta'lim muassasalari professor-oqituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugullanishga keng jalb etish; oliy ta'limning ma'naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik goyalariga, yuksak ma'naviyat va insoniylikning milliy an'analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot goya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash boyicha keng kolamli ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish; oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini oquv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob'ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash, oliy ta'lim ilm-fanining ustuvor yonalishlari boyicha oquv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash; oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta'lim muassasalari talabalari, oqituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta'lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma'lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.

2. 2017 2021 yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi orinlarda Dastur), uning tarkibida quyidagilar: 2017 2021 yillarda oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish boyicha kompleks chora-tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq; 2017 2021 yillarda oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy oquv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari 2-ilovaga* muvofiq; 2017 2021 yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish moliyaviy xarajatlar hajmining hisoblangan parametrlari 3-ilovaga* muvofiq; 2017 2021 yillarda qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta'lim muassasalari royxati 4-ilovaga* muvofiq; 2017 2021 yillarda oquv va ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta'lim muassasalari royxati 5-ilovaga* muvofiq; 2017 2021 yillarda oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirishning manzilli dasturlari 6 74-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.

3. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining yosh pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish boyicha Iste'dod fondining faoliyatini tubdan qayta korib chiqish boyicha takliflarni, quyidagilarni inobatga olgan holda, tayyorlasin: xorijiy ta'lim va ilmiy muassasalarida oliy ta'lim muassasalarining pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish, stajirovkasini otkazish, bitiruvchilarning PhD va magistratura dasturlarida oqitishni tashkillashtirish boyicha amaliy chora-tadbirlarni; yuqori malakali xorijiy olim, oqituvchi va mutaxassislarni xorijiy oliy ta'lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik mexanizm va shakllarini joriy etishning ustuvor yonalishlarini inobatga olgan holda, Oliy ta'lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari oquv jarayoniga keng jalb etish boyicha chora-tadbirlar dasturini; Iste'dod fondining moliyaviy resurslarini shakllantirish manbasi sifatida Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgarmasi mablaglarini jalb etishni.

4. Shunday tartib ornatilsinki, unga muvofiq xorijiy olim, oqituvchi va mutaxassislarni respublika oliy ta'lim muassasalari, Oliy ta'lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari (keyingi orinlarda Tarmoq markazlari) oquv jarayonlariga jalb etishda: Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida xorijiy olim, oqituvchi va mutaxassislarning mehnatiga haq tolash mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi; xorijiy olim, oqituvchi va mutaxassislar uchun ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish xarajatlari (uzoq muddatli mehnat shartnomalarida bir yilda ikki martadan oshmagan holda) oliy ta'lim muassasalari, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada tolanadi; xorijiy olim, oqituvchi va mutaxassislarning bir oydan oshmagan muddatga tuzilgan qisqa muddatli mehnat shartnomalari boyicha respublika mehmonxonalarida yashash xarajatlari oliy ta'lim muassasasi, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada tolanadi, bundan uzoq muddatga tuziladigan mehnat shartnomalari boyicha xorijiy olim, oqituvchi va mutaxassislarning uy-joy ijara xarajatlari tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq oylik maoshlarini tolashda amalga oshiriladi; xorijiy olim, oqituvchi va mutaxassislarga Ozbekiston Respublikasida bolgan davrida kunlik safar xarajatlari 20 AQSh dollari ekvivalentidagi kundalik me'yor boyicha Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining tolov kunidagi kursi boyicha milliy valyutada tolanadi; oliy ta'lim muassasalari, Tarmoq markazlari oquv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim, oqituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari jismoniy shaxslar daromad soliqlari tolashdan ozod etiladi; oliy ta'lim muassasalari, Tarmoq markazlari oquv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim, oqituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari yagona ijtimoiy tolovlardan ozod etiladi; xorijiy olim, oqituvchi va mutaxassislarni jalb etish va ularning moddiy ta'minoti boyicha xarajatlarni moliyalashtirish manbasi sifatida oliy ta'lim muassasalari va Tarmoq markazlariga ornatilgan tartibda ajratiladigan byudjet mablaglari, oliy ta'lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablaglari, xalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.

5. Ta'lim va oqitish sifati ustidan samarali davlat nazoratini ornatish maqsadida Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib: ta'lim tizimida oquv-tarbiya jarayonlari, professor-oqituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish boyicha davlat siyosatini amalga oshirish; idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat'i nazar, ta'lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan otkazish belgilansin. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Ta'lim sifatini nazorat qilish boyicha davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish boyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligining manfaatdor davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan quyidagi takliflari qabul qilinsin: Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirish va uning ixtisoslashuvini ozgartirish; Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilish. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur ta'lim muassasalarida oquv-tarbiya jarayonini toliq tashkil qilish, professor-oqituvchilar tarkibini butlash, zarur moddiy-texnika va oquv-laboratoriya bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.

7. 2017 2021 yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturining oz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash boyicha ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun 75-sonli ilovadagi* tarkibga muvofiq Komissiya tashkil qilinsin. * 1 75-ilovalar berilmaydi. Komissiya (A. N. Aripov): Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning takliflari boyicha har yili, moliyaviy xarajatlarning umumiy tasdiqlangan parametrlari doirasida, oliy ta'lim muassasalarining oquv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob'ektlarini ularning texnik holatini, shuningdek, har bir oliy ta'lim muassasasining moddiy-texnika ta'minotini inobatga olgan holda, qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash manzilli royxatlarini tasdiqlasin; Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning asoslangan takliflari boyicha moliyaviy yil uchun belgilangan kapital qoyilmalar doirasida tasdiqlangan manzilli royxatlar parametrlariga ozgartirishlar kiritib borsin; Dasturning amalga oshirilib borishi boyicha tizimli monitoring ornatsin va uning bajarilish natijalarini Vazirlar Mahkamasining yarim yil va yil yakunlari boyicha otkaziladigan yigilishlari muhokamasiga kiritib borsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish boyicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.

9. Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: oquv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob'ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash boyicha Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari; Navoiy konchilik instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari hamda Toshkent temir yol muhandislari institutining oquv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob'ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash boyicha idoraviy mansubligi boyicha tegishli tashkilotlarning oz mablaglari.

10. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2018 yil va keyingi yillar uchun Ozbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda, Komissiya qarori asosida, oliy ta'lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablaglarni Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgarmasi resurslaridan ajratilishini nazarda tutsin.

11. Belgilansinki, Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 2017 2021 yillar mobaynida xojalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan yonaltirilgan xayriya mablaglari foyda soligini hisoblashda va yagona soliq tolovini tolashda soliqqa tortish bazasidan chiqariladi.

12. Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi va Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligining oliy ta'lim muassasalari oquv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob'ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashni loyihalashtirishda qollaniladigan yagona texnik topshiriq va talablar konsepsiyasini ishlab chiqish boyicha bosh loyihachi tashkilot sifatida Tashgiprogor aksiyadorlik jamiyatini belgilash togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

13. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarga oliy ta'lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash boyicha ishlarni tashkil etishda, jumladan, zarur hollarda, ularga yer maydonlarini ajratish togrisida qaror qabul qilishda va tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishda komaklashsin; oliy ta'lim muassasalarining tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishida optimal texnik sharoitlar yaratilishini ta'minlasin. Oliy ta'lim muassasalari ixtiyoridagi yer maydonlarini tasarruf etish Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirilishi belgilansin.

14. Quyidagilar 2022 yilning 1 yanvarigacha: 2017 2021 yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 21 maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011 2016 yillarda Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi doirasida olib kiriladigan zamonaviy oquv-laboratoriya, ilmiy-laboratoriya va kompyuter uskunalari, sarflanadigan laboratoriya materiallari (butlovchi materiallar, reaktivlar, kimyoviy idish, biologik materiallar va ob'ektlar), dasturiy mahsulotlar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan royxat boyicha xorijiy oquv va ilmiy-metodik adabiyotlar bojxona tolovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigimlari bundan mustasno); ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari xojalik yurituvchi sub'ektlar bilan tuzilgan shartnomalar boyicha bajariladigan amaliy, innovatsion ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boyicha yuridik shaxslarning daromad soligi, yagona soliq tolovi, qoshimcha qiymat soligi va davlatning maqsadli jamgarmalariga majburiy tolovlardan (yagona ijtimoiy tolovdan tashqari) ozod etilsin.

15. Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi: Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta'lim sohasida zamonaviy standartlar talablaridan kelib chiqib, mavjud maydonlardan optimal foydalanish, zamonaviy resurs va energiya tejamkor texnologiyalarni qollash, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan qurilish materiallari va butlovchi qismlardan ustuvor foydalanishni nazarda tutgan holda, oliy ta'lim muassasalari boyicha shaharsozlik qurilish me'yorlari va qoidalarini tanqidiy qayta korib chiqsin; ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlari, berilayotgan ekspert xulosalari va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan doimiy va tizimli nazoratni ta'minlasin.

16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. N. Yunusxodjaev zimmasiga yuklansin.

Ushbu Qaror Xalq sozi gazetasining 2017 yil 21 apreldagi 79 (6773)-sonida e'lon qilingan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOEV

Toshkent sh., 2017 yil 20 aprel, PQ-2909-son Ozbekiston Respublikasi Prezidentining

Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga

SHARH

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma'no-mazmunini tubdan qayta korib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, unga oqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash boyicha ixtisoslik yonalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi. Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan oliy ta'lim tizimidagi mavjud holatni organish natijalari shuni korsatmoqdaki, qator oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta'lim jarayonining oquv-metodik va axborot ta'minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnika bazasi tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta'lim tizimida oquv jarayoniga ilgor xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yolga qoyish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti.

Qabul qilingan qarorga kora, quyidagilar oliy ta'lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi: har bir oliy ta'lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta'lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yolga qoyish, oquv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta'lim dasturlari va oquv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el oqituvchilari va olimlarini jalb etish; oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta'lim muassasalaridagi ixtisoslik yonalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar boyicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish; yangi avlod oquv qollanmalarini yaratish va oliy ta'lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy oquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan otishini yolga qoyish, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida oqitish; oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta'lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-oqituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugullanishga jalb etish; oliy ta'limning ma'naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol goyasini, xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuygusini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bolgan goyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish; oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning oquv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yonalishlari boyicha oquv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash; oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta'minlash, talabalar, oqituvchi va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilgor ta'lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma'lumotlar bazasi boyicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish.

Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini toliq ta'minlash maqsadida oliy ta'lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy oquv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta'lim tizimini 2017 2021 yillarga moljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, 2017 2021 yillarda 48 ta oliy ta'lim muassasasida jami 180 ta oquv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari ob'ektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta'lim muassasasida 400 ta oquv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy oquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta'lim muassasasida barcha oliy ta'lim muassasalari ozaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.

Qarorning muhim ahamiyatini korsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan har bir oliy ta'lim muassasasi boyicha quyidagi konkret parametr va korsatkichlarni oz ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi: oliy ta'lim tizimida yangi ta'lim ixtisoslik yonalishlari va mutaxassisliklarning, shuningdek, iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy korsatkichlarini 2021 yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 18 foizgacha oshirishni nazarda tutadigan 2017 2021 yillarga moljallangan parametr va korsatkichlari; oquv binolari, talabalar turarjoylari, axborot-resurs markazlari va boshqa ob'ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash hisobidan yangi oquv orinlarini tashkil etish, yangi oquv-laboratoriya komplekslarini sotib olish, auditoriyalarni kompyuter texnikasi bilan jihozlash; professor-oqituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy oquv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta'lim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy oquv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan otishi va malaka oshirishi. Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta'lim muassasasi bilan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining ornatilgani ota muhim ahamiyat kasb etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz oliy oquv yurtlariga oquv jarayoniga jalb etilishi kozda tutilmoqda. Amaliyot shuni korsatmoqdaki, oliy ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining mehnatiga haq tolash boyicha amaldagi tizimni jiddiy takomillashtirish va bu borada moddiy ragbatlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga ehtiyoj sezilmoqda.

Shu munosabat bilan Ozbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi va Xalq ta'limi vazirligiga uch oy muddatda ilgor xalqaro tajribadan kelib chiqib, oliy oquv yurtlari pedagog xodimlariga ularning kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlik va tarbiyaviy sohadagi samarali ishtirokini inobatga olib, ustama haq tolashni belgilash tizimi boyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasi topshirildi. Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda iqtidorli yosh pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish boyicha Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Iste'dod jamgarmasi faoliyatini tubdan qayta korib chiqish, xorijiy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarida ilmiy-pedagog xodimlarning malaka oshirishi va qayta tayyorgarlikdan otishini, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining PhD dasturi va ularning magistraturada oqishini tashkil etish boyicha chora-tadbirlar kozda tutilgan takliflar kiritish topshirilmoqda.

Ta'kidlash joizki, oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida korxonalarning buyurtmasiga asosan, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini amalga oshiradigan ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligidan, yagona soliq tolovidan, maqsadli davlat jamgarmalariga majburiy tolov va qoshimcha qiymat soligidan ozod qilindi. Ta'lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini ornatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta'lim sifatini nazorat qilish boyicha davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi ta'lim-tarbiya jarayoni, professor-oqituvchilar tarkibi, ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy boysunishidan qat'i nazar, ta'lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan otkazish, ta'lim-tarbiya sifatini nazorat qilish boyicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.

Oliy ta'lim tizimini 2017 2021 yillarga moljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yonaltiriladigan moliyaviy mablaglar 1,7 trillion somdan ziyod bolib, ulardan 1,2 trillion somi oquv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turarjoylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashga, 500 milliard somdan ortiq mablag esa oquv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta'minlash, umumiy tartibda foydalanishga moljallangan, barcha ta'lim muassasalariga xizmat korsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta'lim tizimi ishtirokini kengaytirish yolidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.

Manba: www.lex.uz

Izoh qoldirish
Suratdagi kodni kiriting:*
     ,
 Brusanneich
12 2018 20:08
. ( ). . . 2005 . !!!
2017 BClub.Uz
dle dle 11.2