O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat Stipendiyasi

SiriuS | Izohlar soni: 0 | Ko'rishlar soni: 2 827
17
04
2017
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat Stipendiyasi
Ovozlar soni: 4
  • Sana:
    17-04-2017, 11:32
  • Muallif:
    SiriuS

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat Stipendiyasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat Stipendiyasi (Nizomi)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat Stipendiyasi (To'g'risida ma'lumot)

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 13 oktyabrdagi

226-son qaroriga
2-ILOVA

Talabalar uchun Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi togrisida

NIZOM

  1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari Ozbekiston Respublikasi fuqarolari bolgan davlat oliy ta'lim muassasalari (bakalavriat va magistratura boyicha alohida) talabalariga Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan otkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
  2. Talabalarga tayinlash uchun belgilangan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (on bitta) quyidagi ta'lim yonalishlaridan har biri boyicha bittadan stipendiya hisobidan bakalavriat va magistratura uchun alohida-alohida taqsimlanadi:

qishloq va suv xojaligi;

texnika va informatika;

sogliqni saqlash va ijtimoiy ta'minot;

ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar;

tabiiy fanlar;

biznes va boshqaruv;

pedagogika;

madaniyat, san'at va sport;

xorijiy tillar;

huquq va xalqaro munosabatlar;

jurnalistika.

Ushbu royxatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan har oquv yili boshida, ta'lim yonalishlaridagi ustuvorliklarni ozgartirishning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi tavsiyasiga binoan ozgartirish va qoshimchalar kiritilishi mumkin.

  1. Talabalarga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

umumta'lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uygunlashtirish;

yonalishlar boyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;

kamida ikkita e'lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;

tillarni davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdostligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi ta'lim yonalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bolgan taqdirda esa qoshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;

Ozbekiston tarixini bilish.

Tillarni, axborot texnologiyalarini, Ozbekiston tarixini bilish boyicha talab darajalarini Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi belgilaydi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar ushbu fanlar boyicha oz bilim darajasini aniqlash uchun Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (mintaqalar boyicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligiga taqdim etadi.

  1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar korsatish, talabgorlar nomzodlarining oqishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan song, davlat oliy ta'lim muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.

Talabgorlar dastlabki korib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:

sinov daftarchasidan kochirma;

dekanat, kafedra tavsiyanomasi;

ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;

rahbarning fikr-mulohazalari;

ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;

ilmiy ishlar royxati va ularning bosma nusxalari.

Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har bir toplami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi korsatiladi.

  1. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy kopchilik ovoz bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalarini tayinlash uchun stipendiatlar nomzodlarini korsatish togrisida qaror qabul qiladilar.

Ilmiy kengashlar qarorlari vazirliklar va muassasalarning Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligiga tavsiyanoma yuborishi uchun asos hisoblanadi.

  1. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta korib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati 115 avgust, korib chiqish muddati 1025 sentyabr.
  2. Davlat oliy ta'lim muassasalari talabalariga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati qarori bilan amalga oshiriladi.

Stipendiyalar tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasi puxta ekspertizadan otkaziladi.

Shu maqsadda Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi:

zimmasiga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar orasidan tanlab olish yuklanadigan maxsus tanlov komissiyasi tuzadi;

talabgorlarning ta'lim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi darajasini baholash maqsadida ishlarni korib chiqish uchun yonalishlar boyicha ekspertlar guruhlari tuzadi;

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda axborot texnologiyalari, Ozbekiston tarixi, xorijiy tillar boyicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlarini ishlab chiqadi;

tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;

tanlov komissiyasi majlislarini otkazish muddatlarini belgilaydi.

  1. Tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yoli bilan otkazadi hamda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya a'zolarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.

Agar ovoz berishdan song talabgorlar soni belgilangan kvotadan kop bolsa, ustunlik eng kop ovoz olgan talabgorlarga beriladi.

Tanlov komissiyasining qarori Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati tasdiqlagandan song kuchga kiradi.

Tanlov komissiyasi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bololmagan, lekin eng yaxshi korsatkichlarga ega bolgan tanlov qatnashchilarini nomli davlat stipendiyalariga tavsiya qilish huquqiga ega.

  1. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi hay'atining qarori davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalarga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va tolash haqida buyruq tayyorlashi uchun asos boladi.
  2. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabalarga har yili, bir oquv yili uchun, 1 sentyabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat'iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
  3. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga sazovor bolgan talabalarga Prezident stipendiyasining sohibi guvohnomasi Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati majlisida tantanali ravishda topshiriladi.
  4. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari bolgan talabalar davlat oliy ta'lim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida grant asosida magistraturaga (bakalavr-stipendiatlar) va aspiranturaga (magistr-stipendiatlar) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi. Agar aspirantura va magistratura mutaxassisligi togri kelmasa, u holda kirish imtihonlari faqat aspirantura mutaxassisligi boyicha topshiriladi.
  5. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bolgan talabalar oqishni bitirgandan song, ikki yil mobaynida magistraturada (bakalavar-stipendiatlar) va aspiranturada (magistr-stipendiatlar) oqishni davom ettirish maqsadida xorijga jonatilish huquqini saqlab qoladilar.
  6. Kundalik darslarni ozlashtirmaydigan, oquv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalarni oquv yili mobaynida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilish tasarrufida talaba oqiyotgan oliy ta'lim muassasalari bolgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
  7. Talabalarning Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash boyicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korib chiqiladi.

Manba: www.lex.uz

PREZIDENT HAMDA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI MIQDORLARI:

Talabalar toifasi

Oylik miqdori (som)

1.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi

829 480

953 902

2

Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugbek va Imom Al-Buxoriy nomidagi Davlat stipendiyalari

574 948

661 190

2016/2017 oquv yilida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va Nomli davlat stipendiyalari sohiblari togrisida ma'lumot

Prezident davlat stipendiyalari sohiblari

Beruniy

Ibn Sino

Navoiy

Ulugbek

Imom al-Buxoriy

bakalavriat

magistratura

9

11

45

8

55

10

3

PREZIDENT VA BOSHQA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARINI OLISH TARTIBI QANDAY?

Huquqiy asos

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari hamda nomli davlat stipendiyalarini va ularni tayinlash tartibi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi Ozbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragbatlantirish togrisidagiqarorigaasosan belgilangan.

OZBeKISTON ReSPUBLIKASI PReZIDeNTINING DAVLAT STIPeNDIYaLARIHAQIDA

Prezident stipendiyalari kimlarga beriladi?

Ozbekiston Respublikasi fuqarolari bolgan davlat oliy ta'lim muassasalari (bakalavriat va magistratura boyicha alohida) talabalariga.

Qaysi yonalishlar boyicha beriladi?

Prezident stipendiyasi kvotasi (on bitta) quyidagi ta'lim yonalishlaridan har biri boyicha bittadan stipendiya hisobidan bakalavriat va magistratura uchun alohida-alohida taqsimlanadi:

  • qishloq va suv xojaligi;
  • texnika va informatika;
  • sogliqni saqlash va ijtimoiy ta'minot;
  • ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar;
  • tabiiy fanlar;
  • biznes va boshqaruv;
  • pedagogika;
  • madaniyat, san'at va sport;
  • xorijiy tillar;
  • huquq va xalqaro munosabatlar;

Talabaga stipendiya berishda qaysi mezonlarga qaraladi?

Talabalarga Prezident stipendiyasini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

  • umumta'lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uygunlashtirish;
  • yonalishlar boyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
  • kamida ikkita e'lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
  • tillarni davlat tilini va bitta xorijiy chet tilini bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdostligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi ta'lim yonalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bolgan taqdirda esa qoshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
  • Ozbekiston tarixini bilish.

Mazkur mezonlarni bilish qanday olchanadi?

Tillarni, axborot texnologiyalarini, Ozbekiston tarixini bilish boyicha talab darajalarini Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi belgilaydi.

Talabgorlar ushbu fanlar boyicha oz bilim darajasini aniqlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (mintaqalar boyicha) maxsus test sinovlari topshiradilar.

Tartibi qanday boladi?

  1. Talaba OTM ilmiy kengashiga tegishli hujjatlarni topshiradi;
  2. OTM ilmiy kengashlari yashirin ovoz berish orqali, oddiy kopchilik ovoz bilan nomzodlarni korsatish togrisida qaror qabul qiladi;
  3. OTM ma'muriyati ilmiy kengash qarori asosida stipendiya tayinlash haqida Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligiga tavsiyanoma jonatadi;
  4. Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi stipendiyalar tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasini puxta ekspertizadan otkazadi;
  5. Vazirlikda tuzilgan tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yoli bilan otkazadi hamda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya a'zolarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini Prezident stipendiyasini tayinlash uchun tavsiya qiladi;
  6. Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati tanlov komissiyasining qarorini tasdiqlaydi.
  7. OTM ma'muriyati talabaga stipendiyani tayinlash va tolash haqida buyruq tayyorlaydi.
  8. Stipendiyaga sazovor bolgan talabalarga Prezident stipendiyasining sohibi guvohnomasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati majlisida tantanali ravishda topshiriladi.

Qanday hujjatlar topshirish kerak?

Talaba dastlabki korib chiqish uchun OTM ilmiy kengashiga quyidagilarni topshiradi:

  • sinov daftarchasidan kochirma;
  • dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
  • ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
  • rahbarning fikr-mulohazalari;
  • ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
  • ilmiy ishlar royxati va ularning bosma nusxalari.

Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har bir toplami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi korsatiladi.

Qachon korib chiqiladi?

Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta korib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati 1 15 avgust, korib chiqish muddati 10 25 sentyabr.

Qanday imtiyoz bor?

Prezident stipendiyasi sohiblari bolgan talabalar OTMni bitirgach, ikki yil davomida grant asosida magistraturaga (bakalavr-stipendiatlar) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

Qanday cheklovlar bor?

Kundalik darslarni ozlashtirmaydigan, oquv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalarni oquv yili mobaynida stipendiyadan mahrum qilish tasarrufida talaba oqiyotgan OTM bolgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.

Manba: www.xushnudbek.uz

2017 BClub.Uz
dle dle 11.2